TERMINAL DAVRLAR. AGONIYA OLDI, AGONIYA VA KLINIK O‘LIM FAZASI

Authors

  • Begbo‘tayeva Charos Botirovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar .Terminal holatlar, agoniya, klinik o‘lim, preagoniya, biologik o‘lim, reanimatsiya, yurak faoliyati, nafas olish., Keywords. Terminal states, agony, clinical death, pre-agony, biological death, resuscitation, cardiac activity, respiration.

Abstract

Annotatsiya.Terminal davrlar - hayot bilan o‘lim oralig‘idagi so‘nggi patologik holatlar bo‘lib, organizm hayotiy faoliyatining izdan chiqishi bilan xarakterlanadi. Ushbu maqolada terminal holatlarning asosiy bosqichlari - preagoniya, agoniya va klinik o‘lim tushunchalari yoritilgan. Ayniqsa agoniya va klinik o‘limning patofiziologik mexanizmlari, klinik belgilari, davomiyligi hamda ularni farqlash mezonlariga alohida e’tibor qaratilgan. Klinik o‘lim davrida reanimatsion tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish biologik o‘limning oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan. Maqola tibbiyot xodimlari, hamshiralar va talabalar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Annotation.Terminal states are the final pathological conditions between life and death, characterized by severe disruption of vital body functions. This article describes the main stages of terminal conditions, including pre-agony, agony, and clinical death. Special attention is given to the pathophysiological mechanisms, clinical signs, duration, and diagnostic criteria of agony and clinical death. The importance of timely and adequate resuscitation measures during clinical death to prevent biological death is emphasized. The article is of practical value for healthcare professionals, nurses, and medical students.

Published

2026-01-21