AHOLI YASHASH HUDUDLARINI TOZALASH VA SANITAR HOLATINI YAXSHILASHNING ILMIY-AMALIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: aholi yashash hududi, tozalash tizimi, sanitariya, maishiy chiqindilar, ekologiya, obodonlashtirish, gigiyena, atrof-muhit.Abstract
Annotatsiya:Mazkur ilmiy maqolada aholi yashash hududlarini tozalash, obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash masalalari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. Aholi punktlarida chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash tizimlarining samaradorligi, ekologik xavfsizlik, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda aholining ekologik madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot davomida zamonaviy texnologiyalar, xalqaro tajriba va milliy amaliyotlar o‘rganilib, aholi yashash hududlarida tozalikni ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari hududlarni tozalash tizimini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholining sog‘lig‘ini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.