ATMOSFERA IFLOSLANISHINING ANTROPOGEN OMILLARI VA EKOLOGIK BARQARORLIKKA TA’SIRI.
Keywords:
Kalit so‘zlar: [atmosfera ifloslanishi, emissiya, PM2.5, issiqxona gazlari, ekologik xavfsizlik, urbanizatsiya, barqaror rivojlanish.]Abstract
Ilmiy maqolada havo ifloslanishi XXI asrning eng dolzarb ekologik muammolaridan biri sifatida kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarning asosiy manbalari ularning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari hamda tabiiy va antropogen omillar ta’sirida yuzaga keladigan jarayonlar ilmiy asosda yoritilgan. Xususan PM2.5 va PM10 zarrachalari azot oksidlari (NOx), oltingugurt dioksidi (SO2), uglerod oksidi (CO), uchuvchi organik birikmalar (VOB) kabi asosiy zararli moddalar atmosferadagi tarqalish mexanizmlari va ularning troposferadagi transformatsiya jarayonlari chuqur tahlil qilingan. Maqolada havo ifloslanishining inson salomatligiga ta’siri alohida ilmiy dalillar bilan asoslab berilgan. Xususan, surunkali respirator kasalliklar, yurak-qon tomir tizimi buzulishlari, allergik reaksiyalar va o‘pka faoliyatining pasayishi kabi xatarlar keng o‘rganilgan. Shuningdek, bolalar, keksalar va immun tizimi sust bo‘lgan shaxslarning iflos havo ta’siriga nisbatan sezuvchanligi ham ilmiy asoslarda ko‘rsatib berilgan.