FARG‘ONA SHAHRIDAGI MUHIM CHORRAHALARDAN BIRIDA TRANSPORT HARAKATINI SAMARALI TASHKIL ETISH TAHLILI

Authors

  • No’monov Sherzodbek Foziljon o’g’li Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Tezlashish bo‘laglari, sekinlashish bo‘laklari, qo‘shimcha tormoq svetaforlari,tirbantlik,harakat tezligi.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqola shaharning Farg‘ona va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishgan chorrahasida yuzaga kelayotgan transport tirbandliklarini kamaytirish hamda yo‘l harakatini samarali tashkil etish usullarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda tirbandliklarning asosiy sabab omillari, jumladan, avtomobil oqimining yuqori intensivligi, transport harakatini boshqarish tizimidagi kamchiliklar va yo‘l harakati belgilarining yetarli darajada samarali emasligi o‘rganilgan. Shuningdek, chorrahada harakatni yaxshilash maqsadida yangi yo‘l tashkiloti sxemalarini joriy etish, svetofor boshqaruvini optimallashtirish hamda zamonaviy texnologik yechimlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Taklif etilgan chora-tadbirlarning transport oqimi samaradorligini oshirish va harakat ishtirokchilari uchun qulaylik yaratishdagi ahamiyati tahlil qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.

Published

2026-01-24