GEOGEBRANING BOSHQA FANLAR BILAN QO‘LLANILISHI
Abstract
Ushbu maqolada GeoGebra dasturining turli fanlar bilan integratsiyalashgan holda qo‘llanishi yoritilgan. GeoGebraning matematika, fizika, informatika, geografiya hamda san’at fanlaridagi amaliy imkoniyatlari, uning ta’lim jarayonidagi interaktivlik, vizuallik va modellashtirish kabi afzalliklari tahlil qilingan. Dastur yordamida funksiyalar grafigini yaratish, geometrik shakllarni modellashtirish, fizik jarayonlarni dinamik ko‘rinishda ko‘rsatish, geografik ma’lumotlarni vizuallashtirish va dizayn elementlarini ishlab chiqish kabi jarayonlar o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini oshirishi ta’kidlangan. Maqola GeoGebraning fanlararo integratsiya uchun qulay platforma ekanini ko‘rsatib, uning zamonaviy ta'limdagi o‘rni va ahamiyatini asoslab beradi.