YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARIDA CHOYNING (CAMELLIA SINESIS) ROLI: NAZARIY VA AMALIY JIHATDAB
Keywords:
yurak-qon tomir tizimi, choy, flavonoidlar, antioksidant, lipid profil, qon bosimi, profilaktika.Abstract
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari (YQTK) butun dunyodagi o'lim sabablarining yetakchisi hisoblanadi. O'simlik manbali dorivor moddalar, xususan Camellia sinensis (choy) o'simligidan olingan preparatlar, YQTK profilaktikasi va kompleks davolashda qo'llanilishi mumkin. Ushbu maqolada yashil va qora choyning tarkibidagi flavonoidlar, katexinlar, teanin va boshqa bioaktiv moddalarning yurak-qon tomir tizimiga ta'sir mekanizmlari tahlil qilinadi. Antioksidant, yallig'lanishga qarshi, endotelial disfunksiyani kamaytirish, qon bosimini tartibga solish va lipid profilini yaxshilash kabi xususiyatlar ko'rib chiqiladi. Maqolada choy iste'molining klinik tadqiqotlar natijalari hamda tavsiya etilgan kunlik dozalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Downloads
Published
2026-01-24
Issue
Section
Articles