IZZAT SULTONNING ADABIYOTSHUNOS SIFATIDAGI ILMIY QIYOFASI VA NAZARIY MEROSI

Authors

  • Boboqulov Oybek Abdiqodirovich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Izzat Sulton, o‘zbek adabiyotshunosligi, adabiyot nazariyasi, badiiy obraz, poetika, estetik tahlil, metodologik yondashuv.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada akademik Izzat Sultonning o‘zbek adabiyotshunosligidagi o‘rni, uning adabiyotshunos sifatidagi ilmiy qiyofasi hamda nazariy merosi tizimli tarzda tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida olimning adabiyot nazariyasiga oid qarashlari, badiiy obraz, poetika, mazmun va shakl munosabatlariga doir konsepsiyalari tahlil qilinadi. Izzat Sulton adabiy asarni estetik hodisa sifatida talqin etish zarurligini ilmiy asoslab bergan yetakchi olimlardan biri ekanligi asoslanadi. Maqolada uning “Adabiyot nazariyasi” darsliklari va mumtoz adabiyot, xususan, Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotlari misolida estetik-nazariy yondashuvning o‘zbek adabiyotshunosligi rivojidagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, Izzat Sulton ilmiy merosining davomiyligi shaxsiy izdoshlardan ko‘ra, uning metodologik qarashlari va ilmiy tizimi orqali namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari olim yaratgan nazariy yondashuv bugungi adabiyotshunoslik uchun ham dolzarb metodologik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Published

2026-01-25