TIBBIY SUG‘URTANING O’ZBEKISTON SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDAGI O’RNI

Authors

  • Rustamova D.A Author
  • Umrkulova G.Sh Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Tibbiy sug‘urta, majburiy tibbiy sug‘urta, Universal sog‘liqni saqlash qamrovi (UHC), sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish, risk pooling, moral hazard, adverse selection, aktuar tahlil, solidar moliyalashtirish, sog‘liq siyosati, moliyaviy himoya, sog‘liqni saqlash xizmatlariga teng kirish, o‘lim darajasi, sog‘liqni saqlash islohotlari, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada tibbiy sug‘urtaning O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni, uni joriy etishning nazariy, institutsional va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari keng tahlil qilinadi. Ish jarayonida majburiy tibbiy sug‘urta (MHI) tizimini joriy etish Universal sog‘liqni saqlash qamrovi (Universal Health Coverage – UHC) ga erishishning muhim mexanizmi sifatida ko‘rib chiqiladi. Pitacco tomonidan ishlab chiqilgan aktuar va nazariy yondashuvlar O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan holda tahlil qilinib, sog‘liq bilan bog‘liq moliyaviy risklarni kollektiv taqsimlash zarurligi asoslab beriladi. Maqolada sug‘urta mukofotlarini belgilash, davlatning tartibga soluvchi roli, norasmiy sektor ulushining yuqoriligi va daromadlar notekis taqsimlangan sharoitda solidar moliyalashtirishning ahamiyati yoritiladi.

Published

2026-01-25