FINLYANDIYADA TA'LIM TIZIMINING TARAQQIYOTI: TENGLIK, ISHONCH VA SIFAT TAMOILLARI ASOSIDA RIVOJLANISH

Authors

  • Ismailova Marjan Askarovna Author

Keywords:

Kalit so'zlar: Finlyandiya ta'lim tizimi, islohotlar, tenglik, o'qituvchi malakasi, PISA, komprehensiv maktab, markazlashmagan boshqaruv, inklyuziv ta'lim.

Abstract

Finlyandiya ta'lim tizimi XX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan chuqur islohotlar natijasida jahon miqyosida eng samarali va tenglikka asoslangan tizimlardan biriga aylandi. 1970-yillarda boshlangan komprehensiv maktab islohoti, o'qituvchilar malakasining yuqori darajasi, markazlashmagan boshqaruv va o'quvchilarning individual rivojlanishiga e'tibor berish tizimning asosiy omillari bo'lib qoldi. 2000-yillarning boshida PISA xalqaro baholash natijalarida yetakchi o'rinlarni egallagan bo'lsa-da, so'nggi o'n yillikda ba'zi ko'rsatkichlarda pasayish kuzatildi. Shu bilan birga, 2020–2025 yillarda tenglik va inklyuzivlikni ta'minlashga qaratilgan yangi dasturlar (masalan, 2025-yilgi Tenglik va kamsitishga qarshi dastur) tizimni yangilashda davom etmoqda. Maqolada Finlyandiya ta'lim tizimining tarixiy taraqqiyoti, asosiy tamoyillari va zamonaviy muammolari tahlil qilinadi.

Published

2026-01-25