BADIIY DISKURSDA GENDER STEREOTIPLARINING TIL BIRLIKLARI ORQALI VERBALLASHISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Raxmonova Maxfuza Saparaliyevna Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Badiiy diskurs, gender stereotiplari, til birliklari, verballashish mexanizmlari, gender lingvistikasi, diskursiv tahlil, leksik va frazeologik vositalar, badiiy matn, pragmatika, semantika.

Abstract

Mazkur maqolada badiiy diskursda gender stereotiplarining til birliklari orqali ifodalanish va ularning verballashish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda leksik, frazeologik hamda sintaktik vositalar orqali erkak va ayol obrazlariga xos ijtimoiy-madaniy tasavvurlar qanday shakllantirilishi ochib beriladi. Badiiy matnlarda gender stereotiplarining til vositasida mustahkamlanishi va o‘quvchi ongiga ta’sir etish jarayoni diskursiv yondashuv asosida o‘rganiladi. Shuningdek, genderga oid baholovchi birliklarning pragmatik va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari badiiy matnlarni gender lingvistikasi nuqtayi nazaridan o‘rganishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Published

2026-01-25