OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM NATIJALARINI BAHOLASHNING KVALIMETRIK MODELI

Authors

  • Beg‘amova Sadoqat Nurbek qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Kvalimetriya, mezon –indikator –ko‘rsatkich, kognitiv-integrativ, pedagogik texnologiya, diagnostika.

Abstract

Annotatsiya:Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida ta’lim natijalarini baholash jarayonida kvalimetrik yondashuv asosida talabalarda kompetensiyalarni shakllantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuvning mazmuni, ta’lim natijalarini sifat va miqdor jihatdan aniqlash imkonini beruvchi kvalimetriya nazariyasining pedagogik baholash tizimidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim natijalarini baholash mezonlari, indikatorlari va darajalarini aniqlash orqali talabalarning kasbiy, umumiy va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari asoslab berilgan. Maqolada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, baholash jarayonining shaffofligi va obyektivligini ta’minlashda kvalimetrik baholashning samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish hamda ta’lim natijalarini baholash tizimini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Published

2026-01-25