O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA MUROJAAT SHAKLLARINING SOTSIOLINGVISTIK TAHLILI

Authors

  • Qosimjonova Gulinigor Baxtiyor qizi Author

Keywords:

Kalit so’zlar. murojaat shakllari, sotsiolingvistika, o‘zbek tili, turk tili, qiyosiy tahlil, gender xoslanishi, ijtimoiy ierarxiya, T/V qarama-qarshiligi, hitob birliklari, parallel korpus, Keywords address forms, sociolinguistics, Uzbek language, Turkish language, comparative analysis, gender distinction, social hierarchy, T/V opposition, vocatives, parallel corpus

Abstract

               Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek va turk tillaridagi murojaat shakllari (hitob birliklari) sotsiolingvistik nuqtai nazardan qiyosiy tahlil qilinadi. Murojaat shakllarining turlari, ularning ijtimoiy ierarxiya, yosh, gender, qarindoshlik munosabatlari va rasmiylik darajasiga bog‘liq qo‘llanilishi o‘rganiladi. Shuningdek, ikki tilning umumturkiy ildizlari hamda madaniy va ijtimoiy rivojlanish jarayonlari ta’sirida yuzaga kelgan o‘xshashlik va farqlar yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘zbek tilida murojaat shakllari ko‘proq hurmat va emotsional iliqlikni ifodalasa, turk tilida T/V (sen/siz) qarama-qarshiligi va ijtimoiy masofa yetakchi omil hisoblanadi. Parallel korpuslar va autentik nutqiy materiallar asosida aniq misollar keltiriladi.

            Annotation This article presents a sociolinguistic comparative analysis of address forms in Uzbek and Turkish. The study examines types of address forms and their usage depending on social hierarchy, age, gender, kinship relations, and degree of formality. It also highlights similarities and differences shaped by the common Turkic roots and distinct cultural developments of the two languages. The findings reveal that Uzbek address forms emphasize respect and emotional warmth, whereas Turkish predominantly reflects social distance through the T/V (sen/siz) opposition. The analysis is supported by examples drawn from parallel corpora and authentic speech data.

Published

2026-01-28