GOOGLE CLASSROOM PLATFORMASINING TA'LIM JARAYONIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Authors

  • Sa'dullayeva Dildora O‘ktamboy qizi Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: ta’lim, raqamli texnologiya, onlayn dars, o‘qituvchi, o‘quvchi, topshiriq, baholash, platforma, muloqot, innovatsiya.

Abstract

Annotatsiya: Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarning o‘rni kundan-kunga ortib bormoqda. Har bir ta’lim tizimi uchun samarali, qulay va innovatsion yechimlarni tatbiq etish nafaqat ehtiyoj, balki zaruriyatga aylangan bir paytda, onlayn va aralash o‘qitish usullarini samarali amalga oshirish uchun Google Classroom platformasi keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu platforma ta’lim jarayonini boshqarish, o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida samarali aloqa o‘rnatish, bilimlarni tizimli ravishda yetkazish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda uning monitoringini amalga oshirishda o‘zining muhim o‘rni va ahamiyati bilan ajralib turadi.

Published

2026-01-30