INTERFAOL METODLARNING O‘QUVCHILARNING FAOLLIGIGA TA’SIRI

Authors

  • Raxmatova Marjona Orif qizi Author
  • Toshturdiyeva Shaxlo Dustmurod qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Interfaol metodlar, ta’lim jarayoni, o‘quvchi faolligi, bilish faoliyati, ta’lim samaradorligi, pedagogik texnologiyalar, motivatsiya, mustaqil fikrlash.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan interfaol metodlarning o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlashi va dars jarayonidagi ishtirokiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Interfaol metodlarning mohiyati, ularning an’anaviy o‘qitish usullaridan farqli jihatlari hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni yoritib beriladi. Tadqiqot davomida interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarda motivatsiyani kuchaytirishi, muloqot madaniyatini rivojlantirishi va bilimlarni mustahkam o‘zlashtirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Maqolada interfaol metodlarni dars jarayoniga joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltiriladi.

Published

2026-02-03