SPORT TASHKILOTLARI FAOLIYATINI INNOVATSION BOSHQARISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING TUTGAN O‘RNI.

Authors

  • Madhiya Yo‘ldosheva Bekmurod qizi Author

Keywords:

Kalit so'zlar: sport, jismoniy tarbiya, bosqich, boshqarish, muammo, jarayon, innovatsiya, turizm, harbiy, texnologiya, uslub, usuliyat, madaniyat, korxona, tashkilot

Abstract

Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan qaratilgan e’tibor hozirgi jamiyat hayotining o’zi tomonidan talab qilinadi, innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro’yobga chiqishi uning sotsial – iqtisodiy rivojlanishining asosi bo’ladi. Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo’ladi. Bu jarayonda amalga oshirilgan o’zgarish natijasida innovatsiya paydo bo’ladi. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – texnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro’yobga chiqishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishning muammolari ko’p yillar davomida ilmiy – texnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan. “Innovatsiya” atamasidan O’zbekistonning o’tish iqtisodiyotida ham mustaqil va ham bir qator o’xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion qaror” va h.k.larni belgilash uchun foydalanilgan. Iqtisodchi olimlar, ayniqsa xorijy (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. Mensfild, R. Foster, B. Tviss, Y. SHumpeter, E. Rodjers va boshqalar) bu tushunchani o’zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko’ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o’zgarishlar innovatsiyalarning o’ziga xos mazmunini tashkil qiladi, o’zgarishlarning vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo’ladi Ba’zida innovatsiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning bilan yangilik kiritishni vaqtda rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan olinadi. Innovatsion boshqaruv g’oyatda murakkabdir. Ularning innovatsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifasi – innovatsion jarayonni ilgari surish, ehtimol bo’lgan to’siqlarni bashorat qilish va ularni bartaraf qilish yo’llarini belgilashdir. Shu sababli yangilik kiritishlarning bozorli tanlovi mavjud, unda innovatsion menejerlar ishtirok etadilar. Innovatsion menejerlar ijodiy jamoalarni tashkil qila turib, yangiliklarni qidirib topish va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish bilan shug’ullangan holda, har xil tashkiliy tuzilmalarda harakat qilishlari mumkin. Ular ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradilar. Bularni barchasi innovatsion boshqaruvchilar malakasi oldiga yuqori talablarni qo’yadi: ular ilmiy texnik va iqtisodiy – psixologik salohiyatga, ham an’anaviy menejer va ham tadqiqotchi olim sifatiga ega bo’lishlari, yangilik kiritishlarning samaradorligini baholash va innovatsiyalarni boshqarishga qodir malakali iqtisodchi bo’lishlari kerak.

Published

2026-02-04