NAFAS OLISH TIZIMI ANATOMIYASI: O‘PKANING TUZILISHI VA GAZ ALMASHINUVIDAGI ROʼLI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Nafas olish tizimi, O‘pka, Bronxlar, Alveola, Gaz almashinuvi, Kislorod, Karbonat angidrid, Anatomik tuzilishAbstract
Annotatsiya: Nafas olish tizimi inson organizmining hayotiy muhim tizimlaridan biri bo‘lib, u organizmni kislorod bilan ta’minlash va karbonat angidrid gazini chiqarib yuborish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimning asosiy organi o‘pka hisoblanadi. O‘pka murakkab anatomik tuzilishga ega bo‘lib, bronxlar, bronxiolalar va alveolalardan tashkil topgan. Gaz almashinuvi aynan alveolalarda sodir bo‘ladi, bu jarayon orqali kislorod qonga o‘tadi va organizm hujayralarining normal faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Nafas olish tizimining anatomiyasini chuqur o‘rganish tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega, chunki bronxit, pnevmoniya, astma va sil kabi kasalliklar aynan shu tizim bilan bog‘liq. Ushbu maqolada nafas olish tizimining umumiy anatomik tuzilishi, o‘pkaning ichki qismlari va gaz almashinuvi mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Maqola davolash yo‘nalishi talabalari uchun anatomiya fanidan muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.