BIZNES SOXASINI KENGAYTIRISH-DAVR TALABI

Authors

  • Abdimuratova Roza Jumamuratovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: biznesni kengaytirish, tadbirkorlik, investitsiya, innovatsiya, ishbilarmonlik muhiti, raqobatbardoshlik, rivojlanish strategiyasi, kichik biznes, menejment, bozor.

Abstract

Annotatsiya: Zamon o‘zgarmoqda va turmush tarzi bilan birga iqtisodiy faoliyatning, jumladan, biznes sohasining ham tubdan o‘zgarib borayotgani kundan kunga yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Dunyo iqtisodiyoti taraqqiyotiga nazar solinsa, ushbu jarayonda o‘z o‘rnini topa olgan, faoliyat doirasini kengaytira olgan korxonalar, yirik kompaniyalar hamda yetakchi biznes subyektlari o‘zining yuksak natijalari bilan boshqalarga namuna bo‘lib kelayotganini ko‘rish mumkin. Bugungi kunda har bir tadbirkor, har bir biznes egasi o‘z faoliyatini rivojlantirish hamda kengaytirish masalasiga jiddiy yondashdi. Zero, taraqqiyot, raqobat va zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda muvaffaqiyat sari ishonchli qadam tashlash uchun biznesni kengaytirish eng dolzarb masalalardan biri sanaladi.

Published

2026-02-05