OʻZBEKISTONDA MEHNATGA HAQ TOʻLASHNING IQTISODIY HUQUQIY MUAMMOLARI!

Authors

  • Rozimboyev Orifjon Qahramon o’g’li, Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Mehnatga haq to’lash, mehnat qonunchiligi, eng kam ish haqi, korrupsiya, mehnat bozori, mehnat huquqlari, iqtisodiy tengsizlik.

Abstract

Oʻzbekiston mustaqillik davrida mehnat munosabatlari sohasida bir qator islohotlar amalga oshirgan boʻlsa-da, mehnatga haq toʻlash tizimidagi muammolar hanuzgacha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqola Oʻzbekistonda mehnatga haq toʻlashning huquqiy va iqtisodiy jihatlaridagi asosiy muammolarni kompleks tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda mehnat qonunchiligi bilan amaliyot oʻrtasidagi nomuvofiqlik, “qogʻoz” va haqiqiy ish haqi farqi, eng kam ish haqi miqdorining yetarli emasligi, korrupsiya, ish haqi va inflyatsiya oʻrtasidagi nomutanosiblik kabi masalalar oʻrganilgan. Maqolada mavjud qonun hujjatlari, rasmiy statistik maʼlumotlar va xalqaro tashkilotlar hisobotlari asosida tahlillar amalga oshirilgan va mehnatga haq toʻlash tizimini takomillashtirish yoʻnalishida amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonda mehnatga haq toʻlash tizimini samarali isloh qilish uchun qonunchilik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda izchil choralar koʻrilishi zarur.

Published

2026-02-06