YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARIDA JISMONIY SIFATLARNING RIVOJLANISH O‘RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Yengil atletika, jismoniy sifatlar, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, kuch, mashg‘ulot jarayoni.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada yengil atletika mashg‘ulotlarida jismoniy sifatlarning rivojlanish o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va kuch kabi asosiy jismoniy sifatlarning yengil atletika turlarida namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda ularni rivojlantirish metodikasi o‘rganildi. Yengil atletika mashqlari orqali mazkur jismoniy sifatlarni kompleks va izchil rivojlantirish sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi hamda sport natijalarini oshirishda muhim omil ekanligi asoslab berildi. Shuningdek, mashg‘ulot jarayonida yuklamalarni yosh va individual imkoniyatlarga mos ravishda rejalashtirish jismoniy sifatlarning samarali rivojlanishini ta’minlashi ilmiy dalillar asosida yoritildi. Tadqiqot natijalari yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil etishda jismoniy sifatlarni maqsadli rivojlantirish sportchilarni tayyorlash jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi.