YENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Spatayev Baxtiyar Polatbekovich Author
  • Bolbekov Elyor Abdimumin o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Yengil atletika, jismoniy sifatlar, innovatsion yondashuvlar, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik, kuch, interaktiv trening, raqamli monitoring.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tadqiqot yengil atletika mashg‘ulotlarida jismoniy sifatlarni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot jarayonida tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va kuch kabi asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy metod va texnologiyalar, xususan interaktiv treninglar, sensorli uskunalar, raqamli monitoring va maxsus dasturiy ta’minotlar tatbiq qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, innovatsion yondashuvlar jismoniy sifatlarning kompleks rivojlanishini sezilarli darajada tezlashtiradi, mashg‘ulot jarayonining individual va guruh sifatini oshiradi, shuningdek sportchilarning funktsional imkoniyatlarini samarali monitoring qilishga imkon beradi. Natijalar pedagogik va amaliy jihatdan yengil atletika mashg‘ulotlarining sifatini oshirish va sportchilarning raqobatbardosh tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Published

2026-02-07