QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDA AKTYORLIK MAHORATINING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: qo‘g‘irchoq teatri, aktyorlik mahorati, psixofiziologiya, sahnaviy obraz, emotsional holat, tana plastikaси, ovoz va harakat uyg‘unligi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada qo‘g‘irchoq teatrida aktyorlik mahoratining shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi psixofiziologik omillar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida aktyorning ichki ruhiy holati, diqqat, tasavvur, emotsional holat hamda jismoniy harakatlar uyg‘unligining qo‘g‘irchoq obrazini yaratishdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, aktyorning ovoz apparati, tana plastikasidan foydalanish, qo‘g‘irchoq bilan psixologik birlashuv masalalari psixofiziologik yondashuv asosida yoritiladi. Maqolada qo‘g‘irchoq teatr aktyorining sahnadagi ijodiy jarayoni inson psixikasi va fiziologik imkoniyatlari bilan uzviy bog‘liqligi asoslab berilib, aktyorlik mahoratini rivojlantirishda mazkur omillarning o‘rni ilmiy xulosalar orqali asoslanadi.