ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING SPORT MASHG‘ULOTI SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Sport, pedagogik texnologiyalar, uslublar, mezonlar, amaliy darslar.Abstract
Kirish. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi [1]. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, jismoniy, ma’naviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni har tomonlama komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir [2]. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ulardan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi pedagogik texnologiya tushunchasi ham ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan serqirra tushunchadir. Ammo, hozirgi yoshlarga eskirgan, ularning tilida “zerikarli” pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida unchalik ham o‘z samarasini bermayapti. Shu sababdan, hozirgi zamon talabidan kelib chiqib, axborot-kommunikatsiya tizimidan foydalangan holda zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ulardan ta’limning barcha sohalarida foydalanish, jumladan, aynan sport mashg‘ulotlarida ham ularni qo‘llash orqali mashg‘ulot samaradorligini to‘laqonli ta’minlash asosiy maqsadimizdir. Darhaqiqat, bugun butun dunyo bo‘ylab ta’lim tizimlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Shu bilan birga, Davlat rahbari tomonidan o‘quv dasturlari va metodlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, o‘qituvchilarni ortiqcha hujjatlar tayyorlashdan ozod qilib, ularga o‘z malakasini oshirish uchun ko‘proq imkoniyat yaratish va bunga ko‘maklashish masalalari aniq belgilangan. Vazifalarni baholash, aniqlash va o'qitishni qayta takrorlash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun har bir maqsadga erishish o‘lchovini bilish muhimdir, ya’ni ta’lim maqsadi shunday belgilanishi kerakki, unga erishilganlik bo‘yicha aniq xulosa chiqarish mumkin bo‘lsin. Ta’kidlash joizki, pedagogik adabiyotlarda vazifalar ba’zida o‘xshash pedagogik maqsadlar sifatida nomlanadi. Murabbiylar o‘qitish uslublarini mujassamlashtirgan holda, mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyorlanishi, turli o‘quv qurollaridan samarali foydalanishi hamda o‘quv rejasi va dasturlarini metodologiyasini ochib berishi lozim. Biroq, shuni unutmaslik lozimki, o‘qitish va o‘rgatish jarayonlarini boshqarish, mavjud o‘quv vositalaridan samarali foydalanish va mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga imkon qadar manfaatli bo‘lishini ta’minlash va shu kabi boshqa ko‘pgina vazifalar o‘qituvchining zimmasiga to‘liq yuklatiladi. Fanlarni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o‘qituvchi o‘qitish va o‘rgatish, shuningdek, mavjud imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanish uchun mas’ul shaxs hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun o‘qituvchi o‘qitish jarayoni hamda o‘qitiladigan fanlarning ilmiy va texnik jihatlarini to‘liq bilishi lozim [3]. O‘qituvchilar, talaba va o‘quvchilar jamoasida o‘zaro yordam, hamkorlik va ijodiy muhitni yaratishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini har tomonlama mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qo‘yish va ularga kafolatlangan holda erishish, rejalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi uzviy bog‘langan komponentlar yig‘indisi deb hisoblandi. Ushbu qoidadan kelib chiqqan holda har bir o‘qitiladigan mavzuga keng qamrovli loyiha ishlab chiqish bilan bir qatorda, o‘quv-metodik majmua tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Majmuaning tarkibiga loyihaga qo‘shimcha mavzuga dahldor bo‘lgan barcha axborotlar, tarqatma materiallar, ma’lumotnomalar, manbalar va ulardan foydalanish metodikasi kiritildi [4]. Murabbiylar mashg‘ulotlar mazmunini aniq rejalashtirish uchun sportchilarga taqdim etiladigan bilim, ko‘nikma, malakalar va harakat usullarini ajrata olishlari, sportchilar yo‘l qo‘ygan individual xato va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullarini ham o‘zlashtirishlari talab etiladi. [5] Shu sababdan, olib boriladigan sport mashg‘ulotlarida bir xillikdan chetlab o‘tib, turli metodlarni amalda qo‘llash sezilarli samara berishi aniq. Quyida bir nechta zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan tanishib chiqamiz: