JISMONIY TARBIYA VA SPORTDA SOG‘LOMLASHTIRISH MASHG‘ULOTLARIDA FITNESS DASTURLARI ASOSIDA AHARAKAT FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Authors

  • D.U.Umaraliyev Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Texnologiya, sog‘lomlаshtirish, funksiya, profilaktika, optimallashtirish, fitness, elektoramotor, mexanik, aerob, trenajor. Key words: Technology, health-improving, function, prevention, optimization, fitness, electroramotor, mechanical, aerobic, trainer.

Abstract

Dolzarbligi. Bugungi kunda Respublikamizda Prezidentimz tomonidan olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy, va ma’naviy-ma’rifiy hayotimizdagi tub islohotlar ta’lim-tarbiya va sport sog‘lomlashtirish ishlarini ham mutlaqo yangicha mazmun, shakl va vositalarda tashkil etish, ular uchun yaratilgan mislsiz imkoniyatlardan yanada to‘laroq foydalanib, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni Vatanga munosib farzandlar qilib tarbiyalashdek, o‘ta muhim vazifalarni hal qilishga undaydi. Respublikamiz hukumati tomonidan o‘quvchi-yoshlarni jismonan barkamol qilib tarbiyalash, ularni sport-sog‘lomlashtirish ishlariga keng jalb qilish, bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Aynan inson salomatligini yaxshilashda joylarda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish harakat faolligini oshirishga qaratilgan bir qator amaliy ishlar o‘z ifodasini topib kelmoqda. Turli sport musobaqalarini tashkil etish, yoshlarni sportga jalb qilish, kun tartibi tarkibiga sog‘lomlshtirish dasturlari doirasida kerakli usullarni kiritish orqali sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlarni turli kasalliklarni oldini olishning samarali vositasi sifatida targ‘ibot tashviqot ishlarni olib boorish talab qilinadi. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar organizmning tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga qarshiligini oshiradi va shu sababli salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda samarali vosita hisoblanadi. Usullari: K.Kupper aerobikasi. eng mashxur va ilmiy asoslangan sog‘liqni saqlovchi aerobika uchun ishlab chiqilgan fitness dasturi. Sog‘lomlashtiruvchi yurish. Harakat faolligiga (faoliyatiga) tegishli bo‘lgan, keng tarqalgan yurish bo‘lib bu ayniqsa ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar, keksalar va jismoniy holati past darajaga ega bo‘lganlar uchun ayniqsa mumumdir. Rolikli konkida uchish.Yuqori darajadagi emotsional hissiy, aerob salohiyatni samarali rivojlantirishda eng ommabop harakat faoliyati bo‘lib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib butn jahon bo‘ylab rolikli konkida uchish bilan 15 million inson mashg‘uldirlar. Biomehanik hususiyatga ega bo‘lgan rolikli konkida uchish mashg‘uloti, ko‘pgina mushak harakatini talab etuvchi va mushak faolligini oshiruvchi qiyin mashqlar sirasiga kiradi shu bilan birgalikda rolikli konkida uchish mahsus kiyim, dubulg‘a (shlem) va turli himoyagichlar kerak bo‘ladi. 18 Jismoniy tarbiya vasport ilmiy tadqiqotlar instituti Hozirda jahon bo‘yicha 4 turdagi asbop uskunalar ishlab chiqilib taqdim etilmoqda . bular: sayr uchun, fitness uchun, ekstriminalli (akrobatli) hamda universal turdagi rolikli konkilar taklif etilmoqda. Funksional holatni yahshilash maqsadida fitness dasturlarida ishlatiladigan roliklar tehnik hususiyatlariga ko‘ra shuni alohida ta’kidlash kerakkiy ulardagi mavjud g‘ildirakdagi to‘rmiz, mashg‘ulot davomiyligini hamda qulay darajada samarali tashkil etishda katta yordam beradi. Kardiotrenajorlarda fitness dasturlari. Ushbu uskunalar yordamida ishlab chiqilgan fitness dasturlari yuqori darajadagi aerob salohiyatni ushlab turishga xizmat qiladi. (yugurish yo‘lakchasi, veloergometr, eshkak eshish moslamasi va h.k). Yugurish yo‘lagi haqida so‘z ketganda uning 2 turdagilar mavjud bo‘lib bular:

Published

2026-02-07