PSIXOSOMATIK KASALLIKLAR: RUHIY HOLATNING TANA SOG‘LIGIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Psixosomatika, stress, ruhiy holat, tana sog‘ligi, depressiya, xavotir, psixoterapiya, immunitet.Abstract
Anotatsiya: Ushbu maqolada psixosomatik kasalliklar tushunchasi, ularning kelib chiqish sabablari hamda ruhiy holatning inson tana sog‘ligiga ta’siri ilmiy jihatdan yoritib beriladi. Psixosomatik kasalliklar insonning psixologik kechinmalari, stress, xavotir, depressiya kabi ruhiy omillar natijasida tana a’zolarida turli xil kasalliklar paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. Zamonaviy tibbiyot va psixologiya fanlari psixosomatika masalasini inson salomatligini tushunishda muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqmoqda. Maqolada ruhiy zo‘riqishning yurak-qon tomir tizimi, ovqat hazm qilish, nafas olish va immunitet faoliyatiga salbiy ta’siri haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, psixosomatik kasalliklarni davolashda psixoterapiya, stressni boshqarish va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati ta’kidlanadi. Ushbu maqola psixologiya yo‘nalishi talabalarining psixosomatik jarayonlar haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.