MAHALLIYLASHTIRISH SIYOSATINING SANOATNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: mahalliylashtirish siyosati, sanoatni rivojlantirish, aholi bandligi, ishsizlik darajasi, mehnat bozori, yangi ish o‘rinlari, hududiy iqtisodiy rivojlanish.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda iqtisodiyot oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri - aholi bandligini ta’minlash muammosi chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, sanoat tarmoqlarida ish o‘rinlari yetishmasligi, ayrim hududlarda ishsizlik darajasining yuqoriligi va mehnat bozoridagi nomutanosibliklar muhim muammo sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada mamlakatimizda ishsiz aholi soni va bandlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mavjud statistik ma’lumotlar tahlil qilinib, ushbu muammolarning asosiy sabablari ochib beriladi. Shu bilan birga, sanoatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgan mahalliylashtirish siyosati aholi bandligini oshirishning samarali vositalaridan biri sifatida yoritiladi. Mahalliy xomashyo va resurslardan foydalanish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari asoslab beriladi.