MENISK SHIKASTLANISHLARI: KLINIK BELGILARI VA ARTROSKOPIK DAVOLASH

Authors

  • Rahmatov Ahmad Shukurullo o'g'li Author
  • Qoʻldoshev Umidjon Qamariddin oʻgʻli Author
  • Mamadiyorov Otajon Abdurauf o'g'li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: menisk, menisk shikastlanishi, artroskopiya, tizza bo‘g‘imi, klinik belgi, davolash, ortopediya, reabilitatsiya, jarrohlik, travmatologiya.

Abstract

Annotatsiya: Tiz o‘rta (tiz bo‘g‘imi) murakkab tuzilgan bo‘lib, uning barqarorligi va funksional harakati asosan ichki va tashqi menisklar tomonidan ta’minlanadi. Menisklar — tolali-xrustal, yarim oy shaklidagi tuzilmalar hisoblanadi, ular bo‘g‘im yuzalari orasida joylashgan bo‘lib, asosiy vazifasi bo‘g‘im yuklamasini teng taqsimlash, amortizatsiya, bo‘g‘imda zarba kuchini yumshatish va biriktiruvchi vazifasini bajarishdan iborat. Menisk shikastlanishlari jarrohlik ortopediyasida, ayniqsa sport tibbiyotida va travmatologiyada uchraydigan eng keng tarqalgan jarohatlardan biridir. So‘nggi yillarda aholi salomatligiga, jismoniy faollik va sport bilan shug‘ullanadiganlar sonining ortishiga ko‘ra, menisk shikastlanishi bilan kasallangan bemorlar soni ham sezilarli oshdi. Bu turdagi jarohatlar, ayniqsa, mehnat faoliyati va kunlik harakatda faol ishtirok etuvchi yoshlar va o‘rta yoshdagilar orasida ko‘proq uchraydi.

Published

2026-02-11