SURUNKALIK STRESSNING YURAK QON TOMIR TIZMIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: surunkali stress, yurak-qon tomir tizimi, gipertoniya, kortizol, yurak kasalliklari, ruhiy zo‘riqish, sog‘lom turmush tarzi.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada surunkali stressning inson organizmi, xususan yurak-qon tomir tizimi faoliyatiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Zamonaviy hayot sur’ati, doimiy ruhiy zo‘riqish, ijtimoiy va kasbiy bosimlar stress omillarining kuchayishiga olib kelmoqda. Surunkali stress holatida organizmda stress gormonlari — kortizol va adrenalin miqdorining uzoq muddat yuqori bo‘lishi yurak urish tezlashuvi, qon bosimining oshishi va tomirlarning torayishiga sabab bo‘ladi. Natijada gipertoniya, ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi hamda infarkt xavfi ortadi. Maqolada stress va yurak-qon tomir kasalliklari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, patofiziologik mexanizmlar hamda stressni kamaytirish orqali yurak salomatligini mustahkamlash yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari profilaktik choralar va sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini asoslab beradi.