BOBUR – SHARQ VA G‘ARB MADANIYATINI BOG‘LOVCHI KO‘PRIK

Authors

  • Eshnayeva Feruza Qarshiyevna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburiylar imperiyasi, Sharq va G‘arb madaniyati, “Boburnoma”, temuriylar, madaniy uyg‘unlik, me’morchilik, adabiy meros, sivilizatsiyalar muloqoti, tarixiy shaxs.

Abstract

Annotatsiya: mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning Sharq va G‘arb madaniyatlarini o‘zaro bog‘lovchi tarixiy shaxs sifatidagi o‘rni yoritilgan. Unda Boburning davlat arbobi, sarkarda va ijodkor sifatidagi faoliyati, ayniqsa Hindistonda Boburiylar imperiyasiga asos solishi natijasida yuzaga kelgan madaniy uyg‘unlik tahlil qilinadi. Shuningdek, “Boburnoma” asarining tarixiy-adabiy ahamiyati, Bobur she’riy merosining o‘ziga xos jihatlari hamda uning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasi ochib beriladi. Maqolada Bobur shaxsining turli sivilizatsiyalarni yaqinlashtirishdagi roli ilmiy-nazariy asosda bayon etiladi.

Published

2026-02-11