TEMIR YO‘L TRANSPORTI XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISHNING NAZARIY MODELLARI: TRANSPORT XIZMATLARI BOZORI SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: transport xizmatlari bozori, temir yo‘l transporti, raqamlashtirish, raqamli platforma, integratsiyalashgan axborot tizimi, smart railway, transaksion xarajatlar, axborot asimmetriyasi.Abstract
Annotatsiya. Maqolada temir yo‘l transporti xizmatlarini raqamlashtirishning nazariy modellari transport xizmatlari bozori doirasida tizimli tahlil qilinadi. Raqamlashtirish transport jarayonlarida axborot asimmetriyasini kamaytirish, boshqaruv qarorlarini ma’lumotlarga asoslangan holda qabul qilish, operatsion xarajatlarni optimallashtirish va xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiluvchi institutsional instrument sifatida izohlanadi. Tadqiqotda raqamli transformatsiya, raqamli platforma, integratsiyalashgan axborot tizimlari hamda smart railway (aqlli temir yo‘l) modellari konseptual jihatdan solishtirilib, ularning temir yo‘l transportida qo‘llanish mexanizmlari, afzalliklari va cheklovlari asoslab beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida raqamli transformatsiyani jadallashtirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.