O'QUVCHI MA'NAVIY-AXLOQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TIZIMI
Keywords:
Kalit soʻzlar: o‘quvchilar, ma’naviy-axloqiy kompetentlik, zamonaviy texnologiyalar, bilim, ko‘nikma, hamkorlik, ta’lim, pedagogika.Abstract
Annotatsiya: O‘quvchining ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish zamonaviy ta’limning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon yosh avlodni nafaqat bilim sohibi qilib tarbiyalash, balki ularni ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni chuqur anglaydigan, hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadigan shaxsga aylantirishga qaratilgan. Ma’naviy-axloqiy kompetentlik – bu shaxsning ijtimoiy munosabatlarda, o‘zining va jamiyatining manfaatlarini muvofiqlashtirishda, o‘zgalar bilan hamjihatlikda harakat qilishda zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va hissiyotlar majmuasidir. Pedagogika fanida bu kontseptsiya o‘quvchilarning eng asosiy insoniy fazilatlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim jarayonining mohiyati va yo‘nalishini belgilaydi. Ushbu maqolada o‘quvchi ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik tizimi haqida ma’lumotlar berilgan.