PERIPARTAL KARDIOMIOPATIYADA O‘TKIR YURAK YETISHMOVCHILIGINI INTENSIV TERAPIYASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
Kalit so'zlar: peripartal kardiomiopatiya, o'tkir yurak yetishmovchiligi, chap qorincha disfunksiyasi, ekokardiografiya, bromokriptin, antikoagulyant terapiya, homiladorlik.Abstract
Annotatsiya:
Peripartal kardiomiopatiya (PPCM) – homiladorlikning so'nggi oyida yoki tug'ruqdan keyingi dastlabki besh oy ichida rivojlanadigan, oldin yurak kasalligi bo'lmagan ayollarda chap qorincha sistolik disfunksiyasi bilan namoyon bo'ladigan idiopatik kardiomiopatiyadir. Ushbu holatning eng xavfli asoratlaridan biri o'tkir dekompensatsiyalashgan yurak yetishmovchiligi (O'YY) hisoblanadi. Maqolada PPCM bilan bog'liq O'YYning patofiziologiyasi, zamonaviy diagnostika usullari, shoshilinch va uzoq muddatli davolash strategiyalari, jumladan, maxsus terapiya (bromokriptin) va ilg'or davo choralari ko'rib chiqilgan. Multidisiplinar yondashuvning ahamiyati va bemor ahvolini yaxshilashdagi o'rni alohida ta'kidlangan.
Downloads
Published
2026-02-12
Issue
Section
Articles