FARG‘ONA VODIYSI SHAROITIDA EVAPOTRANSPIRATSIYA (ETa) JARAYONINI YERNI MASOFADAN ZONDLASH MA’LUMOTLARI ASOSIDA MODELLASHTIRISH

Authors

  • Rashitov Zuxriddin Zairovich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: evapotranspiratsiya, SEBAL, Priestley-Taylor, NDVI, LAI, masofaviy zondlash, suv balansi, agro-monitoring.

Abstract

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi hududi uchun haqiqiy evapotranspiratsiya (ETa) ni masofaviy zondlash va meteorologik ma’lumotlar asosida modellashtirish natijalari keltirilgan. Dastlab SEBAL modeli yordamida energiya balansi komponentlari hisoblandi va NDVI, albedo, emissivity hamda LAI parametrlarining hududiy kalibrlari aniqlandi. Keyinchalik hisoblash jarayonini soddalashtirish va operatsion samaradorlikni oshirish maqsadida Priestley-Taylor modeli qo‘llanildi. Harmonized Landsat-Sentinel (HLS) tasvirlari va mahalliy meteorologik ma’lumotlar integratsiya qilinib, mashinani o‘rganish algoritmlari yordamida sifat nazorati amalga oshirildi. ETa qiymatlari mm/kun dan m³/ga ga o‘tkazildi, oylik vaqt qatorlari shakllantirildi hamda hosildorlik bilan bog‘liqligi tahlil qilindi. Natijalar suv resurslarini boshqarish va agrotexnik qarorlarni optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Published

2026-02-12