KO‘RINMAS QO‘L: SUN’IY INTELLEKT VA PSIXOLOGIYA ONLAYN DUNYOYINGIZNI QANDAY SHAKLLANTIRADI
Keywords:
Kalit so’zlar: sun’iy intellekt, xulq-atvor iqtisodiyoti, shaxsiylashtirish, tavsiya tizimlari, nudging, algoritmik tarafkashlik, raqamli savdo.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt va xulq-atvor iqtisodiyoti tamoyillarining raqamli savdo muhitida iste’molchilar qarorlariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot AI algoritmlarining foydalanuvchi xatti-harakatlarini bashorat qilish va shakllantirish mexanizmlariga, shuningdek, inson tanlovlariga ta’sir etuvchi psixologik omillarga qaratilgan. Maqolada shaxsiylashtirilgan tavsiya tizimlari, xulq-atvoriy “turtki”lar (nudging) va ularning iqtisodiy samaradorligi real e-commerce platformalar misolida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, filter bubble, algoritmik tarafkashlik, narx diskriminatsiyasi va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar yoritiladi. Xulosa sifatida, raqamli muhitda ongli iste’molchi pozitsiyasini shakllantirish va AI tizimlarida etika jihatdan mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi ta’kidlanadi.