SPORT FAOLIYATIDA BOLALARDAGI DANGASALIKNI KAMAYTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Namozova Roziya Omonovna Author
  • Kamaraddinova Parizoda Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: sport psixologiyasi, bolalar sporti, dangasalik, jismoniy faollik, motivatsiya, ichki motivatsiya, psixologik qo‘llab-quvvatlash, o‘yin texnologiyalari, stress, o‘zini boshqarish.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada sport faoliyati jarayonida bolalarda uchraydigan dangasalik holatining psixologik xususiyatlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda bolalardagi jismoniy faollikning pasayishiga olib keluvchi ichki va tashqi psixologik omillar, xususan motivatsiya yetishmasligi, o‘zini past baholash, stress, ijtimoiy muhit va emotsional holatlarning ta’siri yoritilgan. Sport psixologiyasi nuqtayi nazaridan dangasalikni kamaytirishning samarali mexanizmlari, jumladan ichki motivatsiyani shakllantirish, o‘yin texnologiyalaridan foydalanish, ota-ona va murabbiylarning psixologik qo‘llab-quvvatlovchi roli asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada sport mashg‘ulotlarini tashkil etishda yoshga xos psixologik xususiyatlarni hisobga olish, stressni boshqarish va o‘zini-o‘zi nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati ochib beriladi.

Published

2026-02-13