RAQAMLI BANKLARDA MIJOZLARNI USHLAB QOLISH UCHUN STRATEGIYALAR ISHLAB CHIQISH ANALITIKINI TAKOMILLASHTIRISH (“TENGE BANK” ATB MISOLIDA)

Authors

  • Axmedov Farrux Qosimovich Author

Abstract

Hozirgi globallashuv va raqamlashtirish sharoitida bank tizimida raqobat tobora kuchayib bormoqda. An’anaviy bank xizmatlaridan tashqari, raqamli bank xizmatlarining rivojlanishi moliya bozorida yangi imkoniyatlar va bir vaqtning o‘zida yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, raqamli banklar faoliyatida mijozlarni jalb qilish bilan bir qatorda ularni uzoq muddat davomida ushlab qolish masalasi strategik ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli, mijozlarni ushlab qolishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish va ularni tahliliy jihatdan takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Raqamli banklarda mijozlarni ushlab qolish darajasi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, ular orasida xizmat sifati, raqamli platformaning qulayligi, xavfsizlik darajasi, individual yondashuv hamda mijozlar ehtiyojini chuqur tahlil qilish muhim o‘rin tutadi. Analitik yondashuvlar aynan shu omillarni aniqlash, baholash va ularga mos strategiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Mijozlar xatti-harakatlarini tahlil qilish orqali banklar mijozlarning qaysi xizmatlardan faol foydalanayotgani, qaysi bosqichlarda muammolarga duch kelayotgani va qaysi sabablar tufayli bank xizmatlaridan voz kechayotganini aniqlashlari mumkin.

Published

2026-02-26