O‘RTA OSIYO MINTAQASINING TURISTIK SALOHIYATI VA MARKAZLARI

Authors

  • Shoqulova Shaxrina Jasur qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: O‘rta Osiyo, turistik salohiyat, sayyohlik markazlari, tabiiy landshaftlar, tarixiy meros, madaniy turizm, infratuzilma, zamonaviy xizmatlar, ekologik turizm, mintaqaviy hamkorlik.

Abstract

Annotatsiya: O‘rta Osiyo qadimdan buyon dunyo geografiyasida o‘zining nodir tabiiy va tarixiy joylari, boy madaniyati, betakror anʼanalari, tabiatining rang-barangligi va ko‘hna shaharlarining ulug‘vorligi bilan tanilgan bo‘lib, bugungi kunda ham bu mintaqa zamonaviy turizm rivojida muhim o‘rin egallamoqda. O‘rta Osiyo mintaqasi, asosan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston kabi davlatlarni o‘z ichiga oladi. Bu hududlar nafaqat Markaziy Osiyoning geografik yuragi, balki Buyuk ipak yo‘lining o‘tgan strategik manzillari sifatida ham muhim tarixiy va madaniy ahamiyat kasb etgan. Mintaqaning turistik salohiyati millionlab yillik tarixiy meros va zamonaviy madaniyat uyg‘unligiga asoslangan. Bugungi kunda O‘rta Osiyoga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni yildan-yilga oshib bormoqda, bu esa davlatlarning xalqaro miqyosdagi hamkorligiga, global sayyohlik bozoriga tezroq integratsiyalashuviga olib kelmoqda.

Published

2026-02-26