TISH EROZIYASI VA KLINIK OQIBATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: tish eroziyasi, emal yemirilishi, dentin sezuvchanligi, kimyoviy omillar, kislota ta’siri, gastroezofageal reflyuks, klinik belgilar, differensial diagnostika, estetik nuqson, profilaktika, stomatologik davolash.Abstract
Annotatsiya: Tish eroziyasi – bu qattiq tish to‘qimalarining (emal va dentin) bakteriyalar ishtirokisiz, asosan kimyoviy omillar ta’sirida asta-sekin yemirilishi bilan xarakterlanadigan patologik jarayondir. Mazkur maqolada tish eroziyasining etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari va oqibatlari ilmiy-tahliliy asosda yoritiladi. Eroziya rivojlanishida ekzogen omillar (kislotali oziq-ovqat va ichimliklar, gazlangan ichimliklar, ishlab chiqarishdagi zararli muhit) hamda endogen omillar (gastroezofageal reflyuks, metabolik buzilishlar) muhim rol o‘ynashi ko‘rsatib beriladi. Patologik jarayon natijasida tish emali yupqalashadi, silliq va yaltiroq yuzalar hosil bo‘ladi, keyinchalik dentin ochilib, sezuvchanlik ortadi. Maqolada tish eroziyasining klinik bosqichlari, differensial diagnostikasi, estetik va funksional buzilishlari, shuningdek, uzoq muddatli oqibatlari — tishlarning shakl o‘zgarishi, chaynash samaradorligining pasayishi va pulpa asoratlari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotda erta tashxis qo‘yish, profilaktika choralarini ishlab chiqish va kompleks davolash yondashuvining ahamiyati asoslab beriladi.