RENDU–OSLER KASALLIGINI ASORATLARINI DAVOLASHDA TEMIR PREPARATLARINING EFFEKTIVLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Rendu–Osler kasalligi, irsiy gemorragik teleangiektaziya, epistaksis, temir tanqisligi anemiyasi, ferritin, gemoglobin, temir preparatlari, parenteral temir, surunkali qon yo‘qotish.Abstract
Ushbu maqolada Rendu–Osler kasalligi (irsiy gemorragik teleangiektaziya) bilan og‘rigan bemorlarda rivojlanadigan surunkali qon yo‘qotish va temir tanqisligi anemiyasini davolashda temir preparatlarining samaradorligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Kasallikning asosiy klinik belgisi — takrorlanuvchi epistaksis va shilliq qavat teleangiektaziyalari bo‘lib, ular uzoq muddatli yashirin yoki ochiq qon ketishlarga olib keladi. Natijada bemorlarda mikrotsitar, gipoxrom anemiya rivojlanadi. Maqolada og‘iz orqali va parenteral temir preparatlari qo‘llanilishining klinik natijalari, gemoglobin va ferritin ko‘rsatkichlariga ta’siri, nojo‘ya ta’sirlar hamda individual yondashuv tamoyillari yoritilgan. Temir terapiyasining o‘z vaqtida va adekvat dozada qo‘llanishi hayot sifatini yaxshilashi va asoratlar xavfini kamaytirishi asoslab beriladi.