IJTIMOIY TARMOQLARNING DIQQAT VA XOTIRA JARAYONLARIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ijtimoiy tarmoqlar, diqqat, xotira, kognitiv jarayonlar, yoshlar psixologiyasi, raqamli muhit, axborot oqimi, internet texnologiyalari.Abstract
Annotatsiya. Zamonaviy axborot texnologiyalarining tez sur’atlarda rivojlanishi jamiyat hayotining deyarli barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi yoshlar hayot tarzini, muloqot usullarini va axborotni qabul qilish jarayonlarini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning diqqat va xotira jarayonlariga ko‘rsatadigan ta’siri psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotlar va ilmiy manbalarga tayangan holda ijtimoiy tarmoqlarning insonning kognitiv faoliyatiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi asoslab beriladi. Shuningdek, yoshlarning diqqat barqarorligi, axborotni qabul qilish tezligi hamda qisqa va uzoq muddatli xotira faoliyati bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilinadi.