GEMORRAGIK MIKROTROMBOVASKULITDA DAVOLOVCHI PLAZMAFEREZ SAMARADORLIGI

Authors

  • Qo’chqorov Azamat Bahrom oʻgʻli Author
  • Abduraximova Sevinch Salim qizi Author
  • Madasheva Anajan Gazxanovna Author

Keywords:

gemorragik mikrotrombovaskulit, Shenleyn–Genox purpurasi, plazmaferez, immun komplekslar, mikrotromboz, gemostaz, yallig‘lanish.

Abstract

Gemorragik mikrotrombovaskulit (Shenleyn–Genox purpurasi) kichik qon tomirlarining immunokompleksli yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Ushbu kasallikda tomir devorlarida immun komplekslarning to‘planishi mikrotromboz, gemorragik toshmalar va ichki organlar zararlanishiga olib keladi. Tadqiqotning maqsadi gemorragik mikrotrombovaskulit bilan og‘rigan bemorlarda davolovchi plazmaferez usulining samaradorligini baholashdan iborat. Tadqiqot natijalari plazmaferez usuli qondagi patologik immun komplekslar, yallig‘lanish mediatorlari va toksik metabolitlarni kamaytirish orqali klinik simptomlarning tezroq regressiyasiga yordam berishini ko‘rsatdi. Ushbu usul ayniqsa og‘ir kechuvchi shakllarda samarali yordamchi terapiya sifatida tavsiya etiladi.

Published

2026-03-05