MUQOBIL YOQILG‘I OLISH UCHUN BIOMASSANI TERMIK QAYTA ISHLASH JARAYONINI NAZARIY ASOSLARI.

Authors

  • Xoliqov Komil Nurmahmatovich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: biomassa, piroliz, muqobil yoqilg‘i, termik qayta ishlash, biogaz, qayta tiklanuvchi energiya.

Abstract

         Annotatsiya. Ushbu maqolada biomassani termik qayta ishlash asosida muqobil yoqilg‘i olish jarayonining nazariy asoslari tahlil qilingan. Xususan, piroliz jarayonining mohiyati, harorat rejimlari, xomashyo namligi va zarracha o‘lchamining mahsulot chiqishiga ta’siri o‘rganilgan. Biomassa sifatida o‘simlik qoldiqlari va hayvonlarning organik chiqindilaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Piroliz jarayonida hosil bo‘ladigan gaz, suyuq va qattiq mahsulotlarning energetik ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish va ekologik muammolarni kamaytirishda piroliz texnologiyasining istiqbolliligini ko‘rsatadi.

Published

2026-03-07