ARTERIAL GIPERTENZIYA SINDROMIDA DORI VOSITALARINI QO’LLASH

Authors

  • Hatamova Zulhumor Ne’matullayevna Author
  • Berdikulova Dilnur Akmaljonovna Author

Keywords:

Kalit so’zlar: arterial gipertenziya, antigipertenziv dorilar, farmakoterapiya, klinik farmakologiya, renin-angiotenzin tizimi, ACE ingibitorlari, angiotenzin II retseptor blokatorlari, beta-adrenoblokatorlar, alfa-adrenoblokatorlar, diuretiklar, miotrop vositalar, qon bosimi nazorati, ratsional davolash, nojo‘ya ta’sirlar, kombinatsiyalangan terapiya

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada arterial gipertenziya sindromida dori vositalarini ratsional qo‘llashning klinik-farmakologik asoslari yoritilgan. Arterial bosimni boshqarishda yurak faoliyati, periferik tomirlar qarshiligi, qon hajmi va neyrogumoral tizimlarning o‘rni tahlil qilinadi. Antigipertenziv dori vositalarining zamonaviy tasnifi, jumladan neyrotrop preparatlar, adrenoblokatorlar, renin-angiotenzin tizimiga ta’sir qiluvchi dorilar, miotrop vositalar hamda diuretiklarning ta’sir mexanizmi va klinik qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda qon bosimini samarali nazorat qilish, asoratlarning oldini olish va hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Published

2026-04-26