‘’BO'LAJAK TEXNOLOGIYA O'QTUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI’’
Keywords:
interfaol metodlar, pedagogik mahorat, texnologiya o‘qituvchisi, kasbiy kompetensiya, innovatsion ta’lim, faol o‘qitish, ijodiy fikrlash, ta’lim samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini rivojlantirish jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi uning darsni samarali tashkil etishi, o‘quvchilarning faolligini oshirishi hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llay olishi bilan belgilanadi. Tadqiqotda “aqliy hujum”, kichik guruhlarda ishlash, klaster, loyiha asosida o‘qitish va muammoli ta’lim kabi interfaol metodlarning bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashdagi o‘rni va samaradorligi ko‘rib chiqildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar pedagogik mahoratni rivojlantirishga, o‘quv jarayonini faollashtirishga hamda ijodiy fikrlashni shakllantirishga xizmat qiladi.