ATB AGROBANK ANDIJON FILLIALIDA JISMONIY SHAXSLARGA KREDIT BERISHNI XORIJIY TAJRIBASINI AMALIYOTGA TADBIQ ETISH

Authors

  • Ikromov Boburbek Abdulla o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: jismoniy shaxslarni kreditlash, chakana kreditlash, iste’mol krediti, ipoteka krediti, mikroqarz, kredit portfeli, kredit siyosati, kredit riski, kredit skoringi, to‘lovga layoqatlilik, kredit monitoringi, raqamli bank xizmatlari, onlayn kreditlash, masofaviy bank xizmatlari, bank innovatsiyalari, xorijiy tajriba, kreditlash amaliyoti, bank samaradorligi, kredit mahsulotlari, mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar, kredit jarayonlarini avtomatlashtirish, Agrobank, Andijon filiali, bank tizimi, moliyaviy xizmatlar bozori.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada ATB Agrobank Andijon filialida jismoniy shaxslarga kredit berish amaliyotini takomillashtirish masalalari hamda rivojlangan xorijiy davlatlar banklarining chakana kreditlash tajribasini mahalliy amaliyotga joriy etish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida jismoniy shaxslarni kreditlashning iqtisodiy mohiyati, uning aholi turmush darajasini oshirish va iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, banklarda iste’mol kreditlari, ipoteka kreditlari, mikroqarzlar va boshqa chakana kredit mahsulotlarini ajratish mexanizmlari o‘rganilgan. Maqolada xorijiy banklar tajribasida qo‘llanilayotgan zamonaviy kreditlash texnologiyalari, jumladan, raqamli kreditlash tizimlari, kredit skoringi, mijozlarning to‘lovga layoqatliligini baholash usullari, masofaviy xizmat ko‘rsatish va kredit risklarini boshqarish mexanizmlari tahlil etilgan. Xorijiy tajribada kredit ajratish jarayonlarini avtomatlashtirish, mijozlarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish hamda kredit portfeli sifatini oshirishga qaratilgan yondashuvlarning afzalliklari yoritilgan.

Published

2026-06-11