AXSIKENT ARXEOLOGIK MEROSINI MUZEYLAShTIRIShNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Axsikent, Farg‘ona vodiysi, arxeologik meros, muzeylashtirish, Buyuk Ipak yo‘li, Dovon davlati, shaharsozlik madaniyati, mudofaa devorlari, hunarmandchilik, suv inshootlari, o‘rta asr shaharlari, madaniy turizm, arxeologiya, tarixiy yodgorliklar, madaniy merosni muhofaza qilish.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada Axsikentning Farg‘ona vodiysi tarixida tutgan o‘rni, uning qadimgi va o‘rta asrlar davridagi siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy ahamiyati ilmiy manbalar va arxeologik tadqiqotlar asosida tahlil qilingan. Axsikentning Buyuk Ipak yo‘li tizimidagi strategik o‘rni, Dovon davlatining poytaxti sifatidagi faoliyati, shaharsozlik madaniyati, mudofaa inshootlari, suv ta’minoti tizimi, hammomlar va hunarmandchilik markazi sifatidagi xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, yodgorlikning arxeologik meros sifatidagi ahamiyati, uni saqlash, muhofaza qilish va muzeylashtirishning dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari Ahsikentning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va o‘zbek davlatchiligi tarixini o‘rganishda muhim ilmiy manba ekanligini ko‘rsatadi.