KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARINI O'QITISHDA INTERAKTIV METODLAR VA KEYS-STADIYALARNING SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Kiberxavfsizlik ta‘limi, keys-stadi, axloqiy xakerlik, tarmoq xavfsizligi, interaktiv pedagogika, stsenariy asosidagi o‘rganish, O‘zbekistonAbstract
O‘zbekistonda kiberjinoyatchilik soni yil sayin o‘sib bormoqda: 2023-yilda Axborot xavfsizligi markazi ma‘lumotlariga ko‘ra, kiberxurujlar soni o'tgan yilga nisbatan 34% ga oshgan. Shu bois kiberxavfsizlik sohasidagi malakali mutaxassislar tayyorlash O‘zbekiston axborot xavfsizligi milliy strategiyasining ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. Ushbu maqolada real kiberhujum stsenariylari va keys-stadiyaga asoslangan interaktiv ta‘lim metodlarining kiberxavfsizlik asoslarini o‘qitishdagi samaradorligi TATU talabalari misolida empirik tekshiriladi. Aralash metodli tadqiqot ikki guruh bo'yicha — an‘anaviy ma‘ruza (n=43) va interaktiv keys-stadi (n=43) — olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interaktiv keys-stadi metodi qo‘llangan guruh stsenariy asosidagi xavfsizlik testlarida 36.8% yuqori natija ko‘rsatdi va etik fikrlash ko‘rsatkichlarida statistik jihatdan sezilarli yaxshilanish kuzatildi. Maqolada axloqiy xakerlik tushunchasini shakllantirishning O‘zbekiston ta‘lim muhitiga xos jihatlari va shu asosda ishlab chiqilgan uch bosqichli pedagogik model taqdim etiladi.