JINOYAT QONUNCHILIGIGA KIRITILGAN YANGILIKLAR TAHLILI.
Keywords:
Kalit so‘zlar. Jinoyat kodeksi, jinoyat tarkibi, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga olib kelish, uyatsiz-buzuq harakatlar, odam savdosi, yangi tahrir, qonunchilik evolyutsiyasi, voyaga yetmaganlar huquqlari, ijtimoiy tarmoqlar, ruhiy zo‘ravonlik, sanksiyalar, jinoiy javobgarlik, kvalifikatsiya, jinoiy statistika.Abstract
Jinoyat kodeksining inson hayoti, erkinligi va daxlsizligiga qarshi qaratilgan eng muhim moddalari qatoriga 103-modda (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga olib kelish), 129-modda (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) va 135-modda (Odam savdosi)larni kiritsak xato bo‘lmaydi degan fikrdaman. Maqolada ushbu moddalarni eski va yangi tahrirlarini tizimli va qiyosiy tahlil qilamiz. Tahlilda faqatgina modda matnidagi o‘zgarishlar bilan cheklanib qolmasdan, ularning ahamiyati, O‘zbekistondagi statistika va bu o‘zgarish nima uchun kerak bo‘lganligi kabi savollarga javob topamiz. Shuningdek, har bir jinoyatning tarkibiy elementlarini (obyekt, obyektiv tomon, subyekt, subyektiv tomon) ochib bergan holda, qonunchilikning eski tahriridagi jiddiy huquqiy bo‘shliqlarni ko‘rsatib ham o‘tish zarur.