NOVERBAL MULOQOTDA HISSIYOTLAR IFODALANISHINING GENDERGA XOS XUSUSIYATLARI

Authors

  • Ergasheva S., Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: noverbal muloqot, gender, hissiyot, mimika, jest, paralingvistika, emotsional ekspressivlik, kommunikativ xulq

Abstract

Mazkur maqolada noverbal muloqot jarayonida hissiyotlarning ifodalanishi va ularning genderga xos jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mimika, jest, paralingvistik vositalar, proksemika hamda takesik vositalarning erkak va ayollar kommunikativ xulq-atvoridagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, hissiy holatlarni anglash va uzatishda gender omilining ta’siri psixolingvistik hamda sotsiolingvistik nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy tadqiqotlar natijalari asosida ayollarning hissiy ekspressivligi va noverbal signallarni idrok etishdagi ustunligi, erkaklarning esa hissiyotlarni nazorat qilish va yashirishga moyilligi tahlil qilinadi.

Published

2026-06-13