O’ZBEK ETNO PSIXALOGIYASIDA AMIR TEMUR TUZAYOTGAN BUYUK DAVLAT VA UNING XONLIKLAR BILAN MUHORABASINING TARIXIY AHAMIYATI

Authors

  • No'monov Omadbek Rustamjon o'g'li Author

Keywords:

Kalit so’zlar: To‘xtamish, Oq O‘rda, Amir Temurn, Oltin O‘rda, Nizomiddin Shomiy, uch yillik yurish, Evropaning xaloskori, muhoraba.

Abstract

Amir Temurning harbiy yurishlari tarixida Oltin O‘rda xonligi balan bo‘lgan muhorabalar alohida o‘rin egallaydi. Amir Temur kuchayib borayotgan Oltin O‘rda xonligi o‘z mamlakatiga jiddiy xavf solishini yaxshi tushungan. U ochiqdan-ochiq xiyonat yo‘liga o‘tgan To‘xtamish bilan uch marotaba harbiy to‘qnashuvda bo‘lib, uni butunlay tor-mor etadi. Aslini olganda, Oltin O‘rda xonligini zabt etish uning rejasida yo‘q edi. Ammo u kelajakda Oq O‘rda va  Oltin O‘rda birlashib ketsa, o‘rtaga chiqadigan kuchli davlat o‘zi uchun nihoyatda xavfli bo‘lishini yaxshi anglardi. Shuning uchun mazkur hududda o‘ziga sadoqatli hukmdorni xon ko‘tarib, uni itoatda saqlash vositasida o‘z mamlakatiga shimoldan bo‘ladigan xavfni bartaraf etishni rejalashtirgandi.

Published

2026-06-15