BOLALARDA NAFAS YO‘LLARI INFEKSIYALARI, SKARLATINA VA SUVCHECHAK: ZAMONAVIY TASHXIS, DAVOLASH VA PROFILAKTIKA MASALALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: bolalar, nafas yo‘llari infeksiyasi, skarlatina, suvchechak, virus, bakteriya, immunitet, profilaktika, epidemiologiya., Keywords: children, respiratory tract infection, scarlet fever, chickenpox, prevention, immunization, epidemiology.Abstract
Annotatsiya: Bolalar organizmi immun tizimining shakllanish bosqichida bo‘lgani sababli turli yuqumli kasalliklarga nisbatan sezgir hisoblanadi. Nafas yo‘llari infeksiyalari, skarlatina va suvchechak bolalik davrida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar sirasiga kiradi. Mazkur maqolada ushbu kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik belgilari, diagnostikasi, davolash tamoyillari hamda profilaktikasi zamonaviy ilmiy qarashlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, immunizatsiya va sanitariya-gigiyena tadbirlarining bolalar salomatligini saqlashdagi o‘rni yoritilgan.
Abstract: Children are particularly susceptible to infectious diseases due to the ongoing development of their immune system. Respiratory tract infections, scarlet fever, and chickenpox remain among the most common childhood illnesses. This article reviews their etiology, epidemiology, clinical manifestations, diagnosis, management, and preventive strategies. The importance of immunization, hygiene, and early medical intervention in reducing complications is emphasized.